English English English

Yoshlar tarbiyasi: milliy qadriyat va “ommaviy madaniyat” mavzusida Respublika oʻquv seminari

  06.03.2025 17:01:03    26


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida oliy taʼlim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, psixologlari uchun “Yoshlar tarbiyasi: milliy qadriyat va “ommaviy madaniyat” mavzusida oʻquv-seminari tashkil etildi.


Yoshlar tarbiyasi: milliy qadriyat va “ommaviy madaniyat” mavzusida Respublika oʻquv seminari


Ushbu seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarni keng targ‘ib etish, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida oilaviy hayotga tayyorlash, ular o‘rtasida jinoyatchilik, zo‘ravonlikka barham berishda o‘zaro tajriba almashish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi va psixologlarning ko‘nikma va malakasini oshirishdan iboratdir.
Ikki kun davom etgan mazkur o‘quv-seminari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida o‘tkazildi.

Seminar davomida tinglovchilar Akademiya professor-o‘qituvchilari, malakali psixologlar, soha mutaxassislari tomonidan turli mavzularda ma’ruzalar tinglashdi.

Seminar yakunida mutasaddilar tomonidan tinglovchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ushbu oʻquv-seminarda Namangan davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi G.Tajiboyeva hamda Xotin-qizlar psixologi N.Tajiboyeva ham faol ishtirok etib, maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.


Yoshlar tarbiyasi: milliy qadriyat va “ommaviy madaniyat” mavzusida Respublika oʻquv seminari Yoshlar tarbiyasi: milliy qadriyat va “ommaviy madaniyat” mavzusida Respublika oʻquv seminari