NamDPIda “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusidagi insholar tanlovining institut bosqichi o'tkazildi
26.03.2025 08:53:35 13
Talaba-yoshlardan Mahmudxo‘ja Behbudiy qoldirgan ulkan maʼnaviy meros, yoshlarni kamoloti yoʻlidagi olib borgan sa'y-haraktlari, xalqparvarligi xususida mustaqil ijodiy ish yozilishi talab etildi. Inshoni yozish uchun esa 1 soat 30 daqiqa vaqt belgilandi.

Insho yozish sharti Oʻzbek tili va adabiyoti hamda Tarix fani professor-oʼqituvchilari tomonidan tushuntirildi.
Mazkur tanlov hayʼat aʼzolari — mutaxassislar tomonidan koʻrib chiqiladi va eng yaxshi insholar keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
Maʼlumot uchun, tanlov g‘olibi bo‘lgan ishtirokchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – 8 000 000 so‘m;
2-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
3-o‘rin – 4 000 000 so‘m.
Bizni kuzatishda davom eting!