NamDPI talabasi respublika talabalar ilmiy amaliy anjumanida ishtirok etdi
30.03.2025 16:06:28 35
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Zamonaviy yoshlarning ilmiy va innovatsion tashabbuslari: yangicha yondashuvlar va transformatsiyalar” mavzusida 2-respublika talabalar ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Konferensiyada Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti 1-bosqich talabasi Begoyim Varisova yangi O’zbekistondagi zamonaviy ta’lim va ilm-fan sohasidagi islohotlarda talaba-yoshlarning o’rni va ahamiyati yo’nalishidagi ilmiy maqolasi bilan faol ishtirok etdi.