English English English

Namangan davlat pedagogika instJinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

  22.04.2026 09:56:48    6


Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish, ularni turli salbiy illatlardan asrash hamda qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazildi.


Namangan davlat pedagogika instJinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim profilaktik uchrashuv tashkil etildi.


Davra suhbati davomida talabalar tomonidan o‘quv jarayonida halollik me’yorlariga rioya etish, bilimlarni mustaqil egallash, turli noqonuniy holatlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari keng muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirishda shaffoflik va adolat mezonlarining ustuvor ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, unda ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini erkin bildirdilar. Talabalar tomonidan halollik muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator amaliy tashabbuslar ilgari surildi.

Tadbir yakunida “Halollik to‘garagi” faoliyatini yanada kengaytirish, halollik madaniyatini targ‘ib etish bo‘yicha muntazam profilaktik va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.


Namangan davlat pedagogika instJinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim profilaktik uchrashuv tashkil etildi.