YOSHLARDA "RAQAMLI MADANIYAT"NI SHAKLLANTIRISHIMIZ KERAK
15.02.2025 10:59:54 34
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2025-yilning 14-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan uchrashuvlarida “Men buyuk el farzandiman” deb nomlangan umummilliy harakati yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘liq fikrlari bugungi kunda eng muammoli va og‘riqli masala ekanligi barchamizni xushyor va e’tiborli bo‘lishga undaydi. Zero, katta-yu kichikdan tortib, yoshlargacha barchamizda borgan sari internetga va ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan tobelik ortib bormoqda. Kelajagimiz hisoblangan yoshlarimizning kibermakonga "mahliyo" bo‘lib, real voqelikni eslaridan chiqarayotganlari, "layk" yig‘ish uchun ayrim qo‘shtirnoq ichidagi blogerlar tomonidan yasamalashtirilayotgan xoyu,- havaslarga berilayotgani, yoshlarda ham bularga osongina erishish mumkin, degan noto‘g‘ri "ustanovka"larning shakllanayotganligi ancha muammolarni keltirib chiqaradi.

Mening nazarimda, yoshlarimizda internetdan foydalanish madaniyatini yanada yuksaltirish, ularni yolg‘on ma’lumotlar qurboniga aylanishining oldini olish, dunyoqarashini salbiy g‘oyalar ta’siridan himoyalash uchun yoshlarimizda "raqamli madaniyat" va psixologik immunitetni shakllantirish kerak. Prezidentimiz tomonidan uzoq amaliy, hayotiy tajribaga ega bo‘lgan nuroniylarimizning ishtirokida “Ajdodlar merosiga munosib avlod” g‘oyasi ostida yoshlarni birlashtirish bo‘yicha ilgari surilgan hamda yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida “Men buyuk el farzandiman” umummilliy harakatini pedagog-psixolog sifatida qo‘llab-quvvatlayman hamda barchamiz bu borada
birlashishimiz kerak, deb hisoblayman.
Dilafruz ORIBBOYEVA,
Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri