Chortoq tumani hokimligida Namangan davlat pedagogika institutini 2025–2026-o‘quv yilida tamomlayotgan bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
05.06.2026 15:09:06 13
Uchrashuvda Chortoq tumani hokimi Sattarov Ilhomjon, Namangan davlat pedagogika instituti birinchi prorektori Alisher Isoqboyev, tumandagi maktab direktorlari, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari va xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida tumanda istiqomat qiluvchi NamDPI talabalari va joriy yilda ta’limni yakunlayotgan bitiruvchilarning bandlik holati atroflicha tahlil qilindi.
Ayni vaqtda Chortoq tumanidan 763 nafar talaba institutda tahsil olmoqda. Joriy o‘quv yilida tumandan jami 149 nafar bitiruvchi institutni tamomlaydi.
Bandlik holati tahliliga ko‘ra, bitiruvchilarning 87 nafari ish bilan ta’minlangan, 6 nafari 2 yoshgacha farzand tarbiyasi bilan band. 55 nafar bitiruvchining bandligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, “Kelajakka qadam” loyihasi asosida 8 nafar talaba o‘zini o‘zi band qilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda 130 mln so‘m moliyalashtirilgan.
E’tiborli jihati shundaki Chortoq tuman hokimi qisqa fursatda bitiruvchilarning bandligi to’liq ta’minlanishi va bu o’z nazoratida bo’lishi haqida takidladi!