NamDPI professor-o‘qituvchilari xalqaro konferensiyada munosib ishtirok etdi
01.05.2026 15:25:16 1
Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari — M.Asranboyeva, N.Abdusamatova, Sh.Xo‘jamberdiyeva, D.Oribboyeva, M.Eshnazarova hamda Sh.Xudoyqulovlar M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida bo‘lib o‘tgan “Qozog‘iston sun’iy intellekt davrida: dolzarb vazifalar va ularni raqamli transformatsiya orqali hal etish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdilar.
Mazkur nufuzli anjuman doirasida institut professor-o‘qituvchilari o‘z ilmiy maqolalari va tadqiqot natijalari bilan faol qatnashib, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar hamda ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, ular xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar vakillari bilan samarali muloqot olib borib, o‘zaro tajriba almashdilar. Ushbu xalqaro konferensiyada ishtirok etish professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini namoyon etish, zamonaviy ilmiy yondashuvlar bilan tanishish hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.