Kechki taʼlim shakli talabalari "Zakovat" intellektual turnirida!
15.02.2025 09:00:56 39
Namangan davlat pedagogika institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan, kechki taʼlim shakli talabalari oʻrtasida
"Zakovat" intellektual turniri bo'lib o'tdi.

Musobaqani Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani S.Mutalov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i M.Nabijonovlar ochib berib, intellektual musobaqalarning inson tafakkurini yuksaltirishdagi o‘rni beqiyos ekanligini ta'kidlab, barcha ishtirokchilarga omad tilashdi.
Qizgʼin tarzda o'tgan aql jangida quyidagi jamolar gʻolib boʻlishdi:
1-oʻrin Oʻzga tilli guruhlarda rus tili yoʻnalishining "Yosh filologlar" jamoasi;
2-oʻrin Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishining "Yosh ijodkorlar" jamoasi;
3-oʻrin Xorijiy til va adabiyoti
|ingliz tili| yoʻnalishining
"Liderlar" jamoasi;
Gʻoliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar!