English English English

Milliy qadriyatlar — millat ma'naviyatining koʻzgusi

  07.02.2025 09:15:47    48


Yer yuzidagi har bir millat faqat uning oʻziga xos boʻlgan an’ana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi boʻlgan bunday qadriyat va an’analar bir-ikki kunda paydo boʻlib qolmagan. Insoniyatning necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni koʻrsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar sinovidan oʻtadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash mumkin boʻladi.


Milliy qadriyatlar — millat ma'naviyatining koʻzgusi


Namangan davlat pedagogika instituti tyutorlari hamda talabalari bilan birgalikda “Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyatining koʻzgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Milliy qadriyatlarni oʻzida aks ettirgan tanlovlar, musobaqalar, aytishuvlar va chellenjlar talabalar va yoshlar qalbida Vatanga boʻlgan muhabbat, qadimiy urf-odatlarimizni hurmat qilish va oʻzaro mehr muhabbat tuyg'ularini yanada rivojlantirishga yordam beradi.


Milliy qadriyatlar — millat ma'naviyatining koʻzgusi Milliy qadriyatlar — millat ma'naviyatining koʻzgusi Milliy qadriyatlar — millat ma'naviyatining koʻzgusi