English English English

Xalqaro hamkorlik doirasida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv-trening tashkil etildi

  03.03.2026 15:59:49    42


Amerika Qo‘shma Shtatlarining Fulbright dasturi doirasida Namangan davlat pedagogika institutida faoliyat olib borayotgan xorijiy mutaxassis Berghuis Kevin William Chutter hamda institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ishtirokida Namangan viloyati Mingbuloq tumani MMTBga qarashli 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda o‘quv-trening tashkil etildi.

 


Xalqaro hamkorlik doirasida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv-trening tashkil etildi


Mazkur tadbirda o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, chet tilini o‘rganishda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash hamda til ko‘nikmalarini real hayotiy vaziyatlarda samarali tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Trening davomida xorijiy mutaxassis tomonidan amaliy tavsiyalar berilib, interaktiv metodlar namoyish etildi.

Shuningdek, tumanning boshqa umumta’lim maktablaridan tashrif buyurgan ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun alohida seminar-trening o‘tkazilib, pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Tadbir ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qildi.

 

 


Xalqaro hamkorlik doirasida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv-trening tashkil etildi Xalqaro hamkorlik doirasida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv-trening tashkil etildi Xalqaro hamkorlik doirasida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv-trening tashkil etildi