Women in STEM
23.04.2025 09:20:50 14
Britaniya kengashining Women in STEM (xotin-qizlarni fan, texnologiya, muhandislik va matematika) sohalarida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan global stipendiya dasturi (British Council Scholarship for Women in STEM) e’lon qilindi. Ushbu stipendiya dasturi doirasida 2025-yilda o‘zbekistonlik nomzodlar quyidagi beshta Buyuk Britaniya universitetlarida 2025/2026 o‘quv yili uchun magistratura dasturlariga stipendiya yuzasidan ariza topshirishlari mumkun:
- Cardiff University;
- University of Westminster;
- Cranfield University;
- City St George’s, University of London
- Glasgow University.
Stipendiya dasturiga hujjatlar topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 30-aprel.