English English English

Yoshlar strategiyasi: bilim, tashabbus va taraqqiyot uyg`unligi

  24.04.2026 07:46:02    7


Kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar

Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi loyihasi bugungi kunda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiluvchi muhim hujjat sifatida e’tirof etiladi. Ushbu tashabbuslarda yoshlarning ta’lim olishi, kasbiy rivoji, tadbirkorligi, ma’naviy-axloqiy kamoloti hamda bandligini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar kompleks yondashuv asosida qamrab olingan.


Yoshlar strategiyasi: bilim, tashabbus va taraqqiyot uyg`unligi


Mazkur Farmon va Qarorda belgilangan vazifalarni qo‘llab-quvvatlagan holda ularni ta’lim muhitiga samarali integratsiya qilish muhim deb hisoblayman.

Avvalo, kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar — xususan, “TOP-100 kitobxon” tanlovi, kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni rag‘batlantirish hamda yoshlar sayilgohlarida kitobxonlik muhitini yaratish — ARM faoliyati uchun bevosita ahamiyatlidir. Bu tashabbuslar yoshlar orasida mutolaa madaniyatini kengaytirish, ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, ARMda zamonaviy kutubxona xizmatlarini kengaytirish, elektron resurslar bazasini boyitish va kitobxonlik loyihalarini yanada faollashtirish zarur.

Ikkinchidan, xorijiy til sertifikatlariga ega yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni nufuzli xalqaro ta’lim dasturlariga jalb etish tashabbuslari ilmiy-ma’rifiy muhitni kuchaytiradi. ARM bu jarayonda talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun xalqaro ilmiy bazalarga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy axborot bilan ta’minlash orqali faol ishtirok etadi.

Uchinchidan, volontyorlik harakatlarini rivojlantirish, yoshlar tashabbuslarini grantlar orqali qo‘llab-quvvatlash ham ARM uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Xususan, kutubxonachilik, axborot xizmati va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda volontyorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish orqali yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish mumkin.

Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, zamonaviy kasblarga o‘qitish va kasbga yo‘naltirish dasturlari doirasida ARM axborot maydoni sifatida muhim rol o‘ynaydi. Talabalar uchun kasbiy rivojga oid adabiyotlar, ma’lumotlar bazalari va trening materiallarini taqdim etish orqali ularning raqobatbardoshligini oshirishga hissa qo‘shadi.

Mazkur strategiya yoshlarning har tomonlama rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratadi. ARM esa bu jarayonda bilim va axborot markazi sifatida faol ishtirok etib, yoshlarning intellektual, ma’naviy va kasbiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.