24-mart – "Butunjahon depressiyaga qarshi kurashish kuni"
24.03.2025 16:03:45 20
Befarqlik, holsizlik, atrofdagi hodisalarga nisbatan eʼtiborsizlik, tushkun hayollar, kuchsizlik, sogʻinch yoki xavotir hissi... Bularning barchasi sizning depressiya holatida ekanligingizdan darak berishi mumkin.

24-mart – "Butunjahon depressiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti psixologi G.Tajibayeva va Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori S.Qodirova boshchiligida talabalarga “Stresslarni boshqarish usullarini o‘rgatish“ mavzusida trening o’tkazildi. Ushbu trening natijasida talabalar kayfiyatlari ko’tarilib, hayotga bo’lgan qiziqishlari yanada ortdi.
Depressiyaga qarshi kurashishni kayfiyatingizni koʻtarishdan boshlang! Tushkunlikning chuqurlashib ketishiga yoʻl qoʻymang. Yaqinlaringiz bilan koʻproq muloqot qiling, sizni kelajakda yaxshi kunlar kutib turgani haqida oʻylang. Kichik va yoqimli narsalar bilan oʻzingizni quvontiring.