Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari NamDPIda
25.01.2025 09:08:49 3
🔺Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi deputatlari Raxmonjon Egamberdiyev hamda Ulug‘oy Odilovalar Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Deputatlar dastlab, institut rektori B.Xusanov bilan uchrashib, oliygohda olib borilayotgan islohotlar hamda yangi yildagi rejalar haqida suhbatlashishdi. Shundan so‘ng Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i A.Majidov rahbarligidagi ijro intizomi, ta’lim sohasiga doir qabul qilingan qonunlar, Prezident farmon va qarorlarini institutda ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari o‘rganildi.
Mazkur masala yuzasidan Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani S.Mutalov bilan fakultet tarkibidagi kafedralardagi olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Deputatlar institutda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sohasiga oid ijro intizomi, istiqboldagi rivojlanish rejalari bilan tanishgan holda, o‘zlarining ijobiy fikrlarini bildirib, sohada qonun va qonunosti hujjatlari bilan ishlash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berib oÊ»tishdi.