Namangan davlat pedagogika institutida Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar faoliyatini tahlil qilindi
21.11.2025 08:43:23 5
Respublika ishchi guruhi tashrifi doirasida Renessans zalida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bo‘lim xodimlari va tyutorlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida oliy ta’lim muassasasida yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini takomillashtirish, talabalarga yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan institutda olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimiga qaratilgan takliflar bo‘yicha fikr bildirildi. Tyutorlar va bo‘lim xodimlari esa o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy takliflar berib, istiqbolga doir rejalar ustida suhbatlashdilar.
Ushbu uchrashuv ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni izchil takomillashtirish, tarbiyaviy faoliyat samaradorligini oshirish va ta’lim jarayonida mas’uliyatni kuchaytirishga qaratildi.