Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tomonidan talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi
12.12.2025 08:51:44 2
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani T.Abdullayev boshchiligida hamda tyutor X.Abduraxmonov hamkorligida MUS-BU-25 guruhida tahsil olayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida Obihayot MFY, Ibrat ko‘chasi 11-uy, 53-xonadonga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida:
• talabalarga yaratilgan umumiy turmush sharoitlari;
• dars tayyorlash uchun mavjud qulayliklar;
• ovqat tayyorlash jarayoniga mo‘ljallangan imkoniyatlar;
• qishki mavsumda xonalarni isitish holati
kabi masalalar o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, talabalarga tabiiy gazdan va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma berildi. Ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, samarali o‘qish muhitini shakllantirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Mazkur tashrif talabalarning yashash sharoitlarini muntazam monitoring qilish va ularning ijtimoiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlashga qaratildi.