"Qalqon" jamoatchilik guruhi faoliyati yuzasidan muhim vazifalar belgilandi
24.01.2025 13:17:25 13
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi va O'zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining "Oliy ta'lim muassasalarida "Oliy ta'lim muassasasi beshligi"ni tashkil etish hamda "Qalqon" jamoatchilik guruhlari faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"dagi qo'shma qarori ijrosi yuzasidan muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
Institutdagi "Qalqon" jamoatchilik guruhining faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan Namangan davlat pedagogika instituti birinchi prorektori A.Isoqboyev, profilaktika inspektori A.To'xtabayev, Yoshlar ittifoqi yetakchisi M.Nabixonova va guruh sardori Sh.Yigitaliyevlar qo'shma qarorning mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berdilar hamda guruh a'zolarining huquq va majburiyatlarini tushuntirdilar.
Shuningdek, "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zoligiga qabul qilingan yangi a'zolar uchun institut rektori tomonidan tasdiqlangan guvohnomalar topshirildi.