English English English

YUNESKO

  29.01.2026 11:23:56    18


YUNESKO tashkiloti tomonidan Arab madaniyati uchun YUNESKO/Sharja mukofoti e’lon qilingan bo‘lib, mukofot miqdori 60.000 AQSH dollarini tashkil etadi hamda ikki laureat o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Mazkur mukofot to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://en.unesco.org/prizes/sharjah


YUNESKO


YUNESKO tashkiloti tomonidan tabiiy fanlar sohasidagi YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofotiga 2026-yil uchun tanlovi e’lon qilingan. Mazkur mukofotning asosiy maqsadi YUNESKO tashkilotiga aʼzo-davlatlarda alohida shaxslar, institutlar va nodavlat tashkilotlar tomonidan inson hayotini yaxshilanishiga salmoqli hissa qo‘shgan ilmiy tadqiqot loyihalari va faoliyatlarini mukofotlashdan iborat.

YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti 300,000 AQSH dollariga teng bo‘lib, tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan uch nafar nomzod o‘rtasida teng taqsimlanadi hamda diplom va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanadi. Mukofotga tavsiya etilgan nomzodlar xalqaro hayʼat bahosi va tavsiyasi asosida YUNESKO Bosh direktori tomonidan tanlab olinadi.

Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar www.unesco.org/egip/account-reguest

havolasi orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi

lozim:

- ariza varaqasi;

- nomzodning mukofot maqsadlariga qo‘shgan hissasi bo‘yicha axborot;

- nomzodning ilmiy-amaliy faoliyati bo‘yicha qisqacha maʼlumot;

- nomzodning muhim 10 ta ilmiy nashrining ro‘yxati.c