English English English

“Ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri”

  16.12.2025 22:20:16    27


Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Xasanboyev Azizbek tomonidan talabalar turar joyida “Ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.


“Ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri”


Tadbir davomida bugungi globallashuv sharoitida ommaviy madaniyatning yoshlar dunyoqarashi, va estetik didiga ko‘rsatayotgan ta’siri xususida fikr almashildi. Ommaviy madaniyat insonlarning madaniy va estetik talablar saviyasini pasaytirishi, ijtimoiy munosabatlarda insoniylik tamoyillariga putur yetkazishi mumkinligi alohida ta’kidlandi
Shuningdek, ommaviy madaniyat yoshlarni beparvo ruhda voyaga yetishiga sabab bo‘lishi haqida muhim tushunchalar berildi.
Davra suhbati savol-javoblarga boy, ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Talabalar faol munozaralarda ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida faollik ko‘rsatgan talabalar rag‘batlantirildi.

Ushbu uchrashuv yoshlarning ma’naviy , fikrlashini rivojlantirish hamda sog‘lom dunyo qarashni shakllantirishda xizmat qiladi


“Ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri” “Ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri” “Ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri” “Ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri” “Ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri”