Yangi Oʻzbekistonda uzluksiz taʼlim: Ulugʻbek Inoyatovning ilmiy merosi va taʼlim tizimidagi hissasi
29.01.2025 09:48:06 18
Pedagogika fanlari doktori, professor Ulugʻbek Inoyatovning "Yangi Oʻzbekistonda uzluksiz taʼlim" nomli kitobi taqdimoti doirasida respublika Oliy taʼlim muassasalari rahbarlari hamda professor-oʼqituvchilari oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, ushbu kitob taʼlim tizimi xodimlari, tadqiqotchilar, ota-onalar, keng jamoatchilik uchun ensiklopedik toʻplam sifatida xizmat qilishini taʼkidlab oʻtishdi.
Marosim soʻnggida kitob muallifi U.Inoyatovga taʼlim va madaniyat sohalarida uzoq yillik samarali hamkorligi hamda ilmiy tadqiqotlariga qoʻshgan amaliy hissasi uchun Namangan davlat pedagogika instituti "Faxriy professori" unvoni berildi.