NamDPI Chortoq ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif
10.04.2025 21:08:41 17
Joriy yilning 10-aprel kuni Namangan davlat pedagogika instituti Chortoq ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasidagi memorandum doirasida Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i J.Yuldashev, Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi mudiri pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent S.Botirova, kafedra dotsenti N.Valiyeva, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent A.Abdullayev, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent B.Ataxanov hamda Filologiya kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent R.Tillayeva Chortoq ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida J.Yuldashev hamda kafedra mudirlari tomonidan maktabda faoliyat olib borayotgan yosh tadqiqotchilarga institutda mavjud bo‘lgan ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik bosqichlari haqida kerakli tavsiyalar berildi.
Maktabda Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi dotsentlari N.Valiyeva, A.Abdullayev, B.Ataxanovlar tomonidan sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan 8-9-10- sinf o‘quvchilariga mahorat darsi o‘tildi.
Buyuk Amir Temur ma’rifat, madaniyat, ilm-u maorif homiysi bo‘lganligi, shu sababli tarix ulug‘ bobomizni "Ikkinchi Renessans bunyodkori" sifatida e’tirof etishi haqida asosli ma’lumotlar berildi.