"ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O'YINI TASHKIL ETILDI
28.11.2024 09:38:52 51
Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti koordinatori Nozima Ahmadjanova tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya — qomusimiz, baxtimiz!" shiori ostida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.

Fakultetning 1-bosqich talabalari o'rtasida murosasiz va qiziqarli kechgan vunderkindlar bellashuvida Geografiya yo'nalishining "Everest" jamoasiga teng keladigani topilmadi. Biologiya yo'nalishining "Mo'jiza ishchilari" jamoasi 2-o'rin, Musiqa ta'lim yo'nalishining "Birlashamiz" jamoasi faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.