English English English

YUNESKO

  21.04.2025 16:49:35    10


YUNESKOning xalqaro hamjihatlik ta’limi markazi (APCEIU) tomonidan 2025-yil 16-20 iyun kunlari Koreya Respublikasining Seul va Konvo shtatlarida o‘tkaziladigan 24-Xalqaro hamjihatlik va global fuqarolik ta’limi mavzusidagi o‘quv mashg‘ulotiga tanlov e’lon qilingan. Ushbu tanlov global fuqarolik ta’limi orqali o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish, ularni tinchlik madaniyati ruhida tarbiyalashni maqsad qilgangan bo‘lib, ushbu tanlovda 3 yildan ortiq ish tajribasiga ega malakali o‘qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.




Nomzodlar quyidagi havoladagi onlayn kursni tugatishlari lozim:

Kursga kirish

Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarning anketalari (tegishli ma’lumotlar ilova qilinadi) 2024-yilning 20-aprel kuniga qadar quyidagi havola orqali ingliz yoki fransuz tilida to‘ldiriladi.

Rasmiy havola