English English English

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2026”

  21.05.2026 10:05:10    6


Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2026” kasbiy koʻrik-tanlovining respublika bosqichi davom etmoqda.  Bu tanlovda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan  Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim kafedrasining 4 nafar professor-o'qituvchilari hakamlikka taklif etildilar.


“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2026”


 Maktabgacha ta'lim kafedrasi professor -o'qituvchilari M.Asranbayeva, N.Abdusamatova, Sh.Xujamberdiyeva hamda O.Olimjonovalar ishtirokchilarning pedagogik mahorat va loyiha ishlarini baholashda hakam sifatida ishtirok etdilar. Jarayonlar poytaxtimizdagi 20-sonli, 146-sonli, 201-sonli hamda 423-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tegishli nominatsiyalar boʻyicha guruhlarga boʻlingan holda oʻtkazildi.

Bunda ishtirokchilar:

➖ pedagog mahoratni aniqlash;
➖ maktabgacha taʼlim va tarbiya sifatini oshirishga qaratilgan loyiha taqdimoti;
➖ test sinovi boʻyicha belgilangan sinovlardan oʻtishdi.

 
➖ “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2026» kasbiy koʻrik-tanlovi respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi 19-may Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida boʻlib oʻtdi.
 
👉 Maʼlumot uchun: tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari bir martalik pul mukofoti hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
 
➖ Shuningdek, oliy maʼlumotli gʻoliblarning malaka toifalari bir pogʻona oshiriladi, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan gʻoliblar OTMning “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga kirish imtihonlarisiz oʻqishga kirish imtiyozini qoʻlga kiritdi.


“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2026” “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2026” “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2026” “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2026” “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2026”