English English English

“GIMNASTRADA” sport festivali

  27.04.2026 08:06:34    4


Namangan davlat pedagogika institutida sport, yoshlik, jo‘shqinlik va birlik ruhi bir sahnada jamlagan To‘rtinchi bor yuqori saviyada o‘tkazilayotgan “GIMNASTRADA” sport festivali" yorqin chiqishlar va unutilmas taassurotlarga boy tarzda tashkil etildi.


“GIMNASTRADA” sport festivali


Ushbu festivalda Pedagogika fakulteti tyutorlari rahbarligida 5 ta “Bahor gullari”, “Sharq durdonalari”,  “Orzular qanoti”, “Samo yulduzlari”, “Kamalak jilosi” jamoalari faol ishtirok etdilar.
Pedagogika fakulteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va keng jamoatchilik vakillari festivalni katta qiziqish bilan kuzatib borishdi va jamoalarni qo`llab-quvvatlashdi. Har bir chiqish sport, san’at va jamoaviylik uyg‘unligini namoyon etib, barchaga iliq taassurot ulashdi. Festivalda Pedagogika fakultetining “Sharq durdonasi”  jamoasi 1-o‘rinni egallab, mutlaq g‘olib bo‘lib diplom hamda 6 million 800 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Fakultetning “Bahor gullari” jamoasi 2-o‘rinni egallab diplom hamda 5 million 700 ming so‘m pul mukofotiga ega bo`ldilar.
Fakultetning “Orzular qanoti”, “Samo yulduzlari”, “Kamalak jilosi”, jamoalari ham faol ishtirok etib, turli nominatsiyalarga ega bo`ldilar.
Ushbu natijalar jamoalarning puxta tayyorgarligi, ijodiy yondashuvi, sportga bo‘lgan ishtiyoqi va jamoaviy birdamligining munosib e’tirofi bo‘ldi.


“GIMNASTRADA” sport festivali