"Xalqaro qushlar kuni" doirasida "Qushlar — bizning do'stimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
01.04.2025 23:27:54 15
Namangan davlat pedagogika institutida Tabiiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan 1-aprel — "Xalqaro qushlar kuni" doirasida "Qushlar — bizning do'stimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan talabalar uchun ma'ruzalar qilindi.
Tabiiy fanlar kafedrasi talabalari va professor-o'qituvchilari tomonidan 10 ga yaqin qushlar turi bo'yicha koʻrgazma tashkil etildi.
Bundan ko'zlangan maqsad — tabiatda uchraydigan noyob turdagi qushlarni asrab-avaylash, talabalarda vatanparvarlik tuyg'usi, atrof-muhitga bo'lgan ijobiy munosabatni shakllantirishdan iborat.