Ishchi guruh institut faoliyati bilan tanishdi: art gallery, ta’lim jarayonlari, sport majmualari va TTJ holati o‘rganildi
21.11.2025 08:44:42 5
Respublika ishchi guruhi Namangan davlat pedagogika institutidagi ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy va ta’lim jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha keng qamrovli monitoring ishlarini amalga oshirdi.
Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari:
🔹 Institutning art gallery faoliyati, talabalar ijodi va innovatsion ishlanmalari bilan tanishdi.
🔹 Fakultetlar kesimida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy loyihalar, dars jarayonlari va o‘quv muhitining holati ko‘zdan kechirildi.
🔹 “Oydinko‘l” binosida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va o‘quv jarayoni tahlil qilindi.
🔹 Sport-sog‘lomlashtirish majmualari, zamonaviy mashg‘ulot zallari va talabalarning sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlari o‘rganildi.
🔹 Institut xotin-qizlar kengashi faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan samarali ishlar bilan tanishdi.
🔹 Talabalar turar joylaridagi sharoitlar, tarbiyachilarning faoliyati, talabalarga yaratilgan qulayliklar va tartib-intizom masalalari bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi.
Ishchi guruh tomonidan institutda amalga oshirilayotgan islohotlar ijobiy baholanib, kelgusida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.