"Guli" Monologi Va Navoiy G‘azallari Talabalar Ijrosida Namoyish Etildi
07.02.2025 19:29:38 45
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalar turar joyida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan "Navoiyga ehtirom, she'riyat, ilm va hikmat kechasi" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda fakultet dekani Z.Abdullayev boshchiligida dekan o‘rinbosari S.Dadaboyev va tyutor L.Xonto‘rayevalar ishtirok etishdi.
Tadbirda talabalar tomonidan A.Navoiy hayoti va ijodiga oid g‘azallar va sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Ayniqsa, ''Guli'' monologi barchada katta taassurot qoldirdi.