“Navoiy devonin koʻksimga bosib, Bobur siymosiga qilurman ta’zim”
07.02.2025 09:17:26 43
7-fevral kuni Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Oʻzbek tili va xorijiy tillar kafedra mudiri R.Tillayeva va fakultet tyutori S. Qodirova tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan “Navoiy devonin koʻksimga bosib, Bobur siymosiga qilurman ta’zim” deb nomlangan ma'rifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani S. Mutalov, Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat boʻlim boshligi M. Nabijonov, kafedra mudirlari, tyutorlar va talaba yoshlar ishtirok etishdi. Talabalar tomonidan A.Navoiy va Z.M.Bobur obrazlari qoyilmaqom qilib ijro etildi. Ularning ijod namunalari — g’azal va ruboiylari oʻqildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi. Tadbir soʻnggida faol talabalarga esdalik sovg’alari topshirildi.