English English English

Namangan davlat pedagogika instituti va Namangan shahar Prezident maktabi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi

  24.11.2025 10:10:10    5


Ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish maqsadida institut tomonidan malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.


Namangan davlat pedagogika instituti va Namangan shahar Prezident maktabi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi


Shu doirada Namangan davlat pedagogika instituti filippinlik tajribali pedagog Saballa Mendoza bilan shartnoma imzoladi. U avvaldan Namangan shahar Prezident maktabida samarali faoliyat yuritib, dars jarayonida qo‘llayotgan ilg‘or texnologiyalari orqali yuqori natijalarga erishib kelmoqda.

Endilikda Saballa Mendoza NamDPIning Xorijiy tillar yo‘nalishi talabalariga ham o‘z bilim va tajribalarini o‘rgatadi.

NamDPI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Abdunazarov va dotsent E.Abdulvohidov xorijlik mutaxassisni Evropa tillari kafedrasi jamoasi hamda talabalar bilan tanishtirdilar.

Saballa Mendoza institut jamoasi va bilimga chanqoq talabalar unda katta ijobiy taassurot qoldirganini ta’kidlab, mazkur hamkorlik ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, talabalar bilimini chuqurlashtirish hamda ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilishini qayd etdi.


Namangan davlat pedagogika instituti va Namangan shahar Prezident maktabi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi Namangan davlat pedagogika instituti va Namangan shahar Prezident maktabi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi Namangan davlat pedagogika instituti va Namangan shahar Prezident maktabi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi Namangan davlat pedagogika instituti va Namangan shahar Prezident maktabi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi Namangan davlat pedagogika instituti va Namangan shahar Prezident maktabi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi