"Xalqaro psixologlar kuni" munosabati bilan “Ardog‘imizdasiz, aziz ustozlar” mavzusida iliq va maʼrifatga boy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
21.11.2025 08:56:12 8
Tadbir Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti A.Turg‘unboyeva tashabbusi bilan tashkil etildi. Uchrashuvda kafedra mudiri S.Sulaymanova, tajribali professor-o‘qituvchilar N.Mamatxanova, G.Tojiboyeva hamda Amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalari ishtirok etdilar.
Faxrli mehmonlar — fidoyi ustozlar
Tadbirga Namangan davlat universitetining o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan tajribali psixolog-ustozlar — dotsent M. Maxsudova va dotsent Z. Qurbonova taklif etildi.
Ular o‘zlarining:
– ko‘p yillik kasbiy faoliyat yo‘llari,
– psixologik xizmat bo‘yicha boy tajribalari,
– talabalarga oid kuzatuvlari va maslahatlari,
– dars jarayonidagi eng qiziqarli real holatlari
haqida samimiy va o‘gitli ma’lumotlar berishdi.
Talabalar ustozlarga savollar bilan murojaat qilib, amaliy psixologiya yo‘nalishidagi ko‘plab dolzarb masalalar bo‘yicha batafsil javoblar olishdi.
Tadbir nihoyatda iliq, samimiy va ruhlantiruvchi muhitda o‘tdi. Ustozlarning tajribasi, hikmatli so‘zlari va hayotiy maslahatlari barcha ishtirokchilar uchun unutilmas taassurot qoldirdi.