NamDPIda "Yer sharini asraylik" shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi
21.03.2025 16:20:47 19
Atrof-muhitni asrash, talabalarda ekologik madaniyatni oshirish maqsadida Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasining iqtidorli yoshlari oʻrtasida “Yer sharini asraylik” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.Qodirxonov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Abdunazarov, kafedra mudiri N.Abdullayev hamda kafedraning professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Suhbat davomida Yer sayyorasini asrash, ekologik barqarorlikni taʼminlash, aholining qulay tabiiy muhitda hayot kechirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan va yuz berib boʻlgan muammolarga yechim topish, ularni ijobiy hal qilish kabi masalalarga to’xtalib o’tildi.
Talabalar tomonidan berilgan savollar atrofida qizg’in muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar o‘zlarining taklif va mulohazalari bilan faol ishtirok etishdi. Shuningdek, talabalar Yer sayyorasini asrashga, ekologik muammolarni bartaraf etishga oid o‘zlarining olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari haqida ma’lumotlar berib o‘tdilar.