Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
10.04.2026 10:53:23 5
Namangan viloyati musiqali drama teatri oldida buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Namangan viloyati musiqali drama teatri oldida buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Amir Temurning milliy davlatchiligimiz, boy tariximiz va ma’naviy qadriyatlarimiz taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori A.Isoqboyev so‘zga chiqib, Sohibqiron Amir Temur siymosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr bildirdi. Shundan so‘ng institut talabalari tomonidan “Buyuk saltanat bunyodkori” she’ri ijro etildi.
Shuningdek, musiqiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Jumladan, “Sohibqironim” qo‘shig‘i Namangan davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi 4-bosqich talabasi Rustamjon Jumanov tomonidan ijro etildi. Shuningdek, birinchi bosqich magistranti Azizbek Ibragimov opera ijrosi bilan ishtirok etdi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar Namangan viloyati musiqali drama teatrida namoyish etiladigan “Sohibqiron Amir Temur” spektakliga taklif etildi.