English English English

NamDPIning o‘quv-uslubiy metodik markazi ochiladi

  01.02.2025 18:54:49    62


Namangan davlat pedagogika instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Abdunazarov, kafedra mudiri S.Azizov hamda Pop tumani Maktabgacha va maktab ta’limi hududiy bo‘lim boshlig‘i Jahongir Jo‘rayev oʻrtasida muloqot-uchrashuvi oʻtkazildi.


NamDPIning o‘quv-uslubiy metodik markazi ochiladi


Uchrashuvda institut talabalari amaliyotini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tumanda "O‘quv-uslubiy metodik markaz" ochish bo‘yicha kelishib olindi.

Ushbu markaz o‘z faoliyati davomida talabalarga ta’lim berishdagi turli usullar va strategiyalarni qo‘llash, yangi pedagogik metodlarni sinovdan o‘tkazish va ularni takomillashtirish, maktab o‘qituvchilari va talabalar o‘rtasida o‘zaro muloqot va tajriba almashish imkonini beradi.