Namangan Davlat Pedagogika Instituti Veb-saytini Takomillashtirish Yuzasidan Yig‘ilish O‘tkazildi
30.01.2025 08:39:18 3
Bugun Namangan davlat pedagogika institutida institut rektorining 2024-yil 14-martdagi "Namangan davlat pedagogika institutining internet tarmogʻidagi veb-saytini ilg‘or jahon andozalariga mos, milliy va xalqaro tajribalarni chuqur o‘rgangan holda takomillashtirish, uning uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash to‘g‘risida" 24-U-sonli buyrugʻi ijrosi yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda institut veb sayti dizayni, maʼlumotlar joylashtirilishi, berilayotgan axborotlarning rasmiy, norasmiyligi boʻyicha yigʻilish qatnashchilarining takliflari oʻrganildi.
Institut veb saytining jozibadorligi oshirish, axborot tezligini oshirish boʻyicha aniq manzilli vazifalar berildi.