Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz!
09.04.2025 20:38:51 14
Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning o'z fikr-mulohazalarini erkin bayon qilishlari, mavjud jarayon va vaziyatlarga tahliliy yondashish mahorati hamda ilmiy asoslar asosida fikr yuritish ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz!” shiori ostida debat tashkil etildi.

Debatni institutning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori A.Isoqboyev ochib berdi va talaba-yoshlarga o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi. Shundan so'ng Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i R.Tursunov va Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M. Nabijonovlar tomonidan debat tartib-qoidalari talabalarga batafsil tushuntirib o'tildi hamda ishtirokchilar ikki jamoaga bo'lingan holda bellashuvlarni o'tkazishdi.