English English English

Qonunchilik yangiliklari

  12.04.2026 12:49:34    3


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimi “5 T” – taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish tamoyili asosida rivojlantiriladi


Qonunchilik yangiliklari


☑️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoni qabul qilindi.

⭐️Unga koʻra, sohani rivojlantirishda yangi – “5 T” (taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish) tamoyili joriy etiladi.

📱Farmon bilan “U 10 – Oʻzbekistonning global darajadagi ilgʻor universitetlari” dasturi yoʻlga qoʻyiladi.

➡️Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ilmiy klaster tashkil etish loyihasi boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovda gʻolib boʻlgan 10 ta oliygohga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi.

➡️Ilmiy klaster loyihasi – milliy tadqiqot universiteti – mahalliy oliy taʼlim tashkilotlari – nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkiloti – ilmiy tashkilot – soha tashkilotlari ishtirokidagi yaxlit tizim hisoblanadi.

💰Eng muhimi, ilmiy klaster loyihasi 150 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdorda moliyalashtiriladi.

Ilmiy klaster loyihasi boʻyicha tanlovda gʻoliblar qanday aniqlanadi?

➡️Tanlov xalqaro miqyosda tan olingan Top-300 reytingga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan birgalikda oʻtkaziladi. Ishtirokchilar quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:

🟢 loyihaga jalb etilgan professor-oʻqituvchilar va olimlarning salohiyati,
🟢 ishtirokchi oliygohlarning milliy hamda xalqaro reytinglardagi oʻrni;
🟢 oliy taʼlim (ilmiy) tashkilotlarning ilmiy va moddiy-texnik bazasi hamda loyihani birgalikda moliyalashtirishdagi qoʻshadigan ulushi gʻolibni aniqlashda asosiy vazifani bajaradi.