English English English

Magistrantlar faoliyati

  08.12.2025 08:15:21    1


Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi dotsenti Elyor Abdulvohidov Namangan IIV Akademik Litseyida bo’lib, Rus tili yo’nalishi magistranti Ahmadjonova Rayhonaning ochiq darsida ishtirok etdi.


Magistrantlar faoliyati


Jarayon davomida yosh o’qituvchi bilim va ko’nikmalarini amalda namoyish qildi.
Dars so’ngida dotsent E.Abdulvohidov o’quvchilarga Konstitutsiyaning inson va jamiyat hayotidagi o’rni, Vatan oldidagi burchlarimizni sidqidildan ado etishimizda ilm olishning ahamiyati haqida tushunchalar berdi.

Kunning ikkinchi yarmida yo’nalishning yana bir magistranti Charos Abdurahmonova Yangiqo’rg’on tumanidagi 10- maktabda “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” shiori ostida dars tashkil qildi. Unda o’quvchilar “qonun”, “jamiyat”, “farovonlik”, “fuqarolik burchi” kabi tushunchalar bilan yanada yaqinroq tanishtirildi. Ko’rgazmali vositalar dars jarayonini yana jonli o’tishini ta’minladi.

Magistrantlar faoliyati ular mehnat qilayotgan o’quv muassalari jamoalari tomonidan ham yuqori baholandi.


Magistrantlar faoliyati Magistrantlar faoliyati Magistrantlar faoliyati Magistrantlar faoliyati Magistrantlar faoliyati