English English English

"Sohibqiron zakovati" intellektual tanlovi tashkil etildi

  10.04.2026 11:13:43    7


Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi bosh boshlangʻich tashkiloti tomonidan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan "Zakovat" intellektual turniri tashkil etiladi.


"Sohibqiron zakovati" intellektual tanlovi tashkil etildi


Turnir davomida 20 ga yaqin jamoa ishtirok etib, Amir Temur hayoti, davlatchilik-boshqaruv siyosati boʻyicha qiziqarli, mantiqiy, ilmiy savollar talabalar e'tiboriga havola etildi.

Shuningdek, turnir davomida Axborot-resurs markazi xodimi N.Rizaqulova tomonidan Amir Temur asarlari hamda unga bagʻishlab yozilgan asarlari taqdimoti ham oʻtkazildi.

Qizgʻin bahslarga boy tarzda oʻtkazilgan turnirda quyidagi jamoalar faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar:
1-oʻrin - Aysberg jamoasi
2-oʻrin - Qora marvarid jamoasi
3 oʻrin - Aktivatorlar jamoasi

Gʻoliblar institut diplomi hamda esdalik sovgʻalari bilan munosib taqdirlanadi.

 

"Sohibqiron zakovati" intellektual tanlovi tashkil etildi "Sohibqiron zakovati" intellektual tanlovi tashkil etildi "Sohibqiron zakovati" intellektual tanlovi tashkil etildi "Sohibqiron zakovati" intellektual tanlovi tashkil etildi