NamDPIning lobar qizlari — "Qizlarjon tanlovi"da
06.03.2025 16:53:06 28
8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Namangan davlat pedagogika institutining 6 nafar iste’dodli qizlari ishtirokida “Qizlarjon” tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovda institutning eng faol, iqtidorli talaba-qizlari tanishtiruv, bilimdon qizlar, iste’dod shartlari orqali bellashishdi. Tanlov juda qiziqarli, adolatli va shaffof kechdi.
Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, tanlov g’olibasi ya’ni “Qizlarjon malikasi” deb institutning Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Sevinch Akbarova munosib deb topildi.
Shuningdek, tanlovda:
Musiqa yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Intizora Po‘latjonova — «Maftunkor qiz» nominatsiyasi;
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Muhayyo Ismoilova — «Jozibador qiz» nominatsiyasi;
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Go‘zaloy Samandarova —Zukko qiz» nominatsiyasi;
Amaliy psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Kumushoy Abdug‘apparova — «Iste’dodli qiz» nominatsiyasi;
Amaliy psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Nurmanova Bibinur — «Iqtidorli qiz nominatsiyasiga munosib deb topildi.
Tanlovda ishtirok etgani barcha qizlar tashkilotchilar tomonidan Faxriy yorliqlar ha esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Maʼlumot uchun,“Qizlarjon” tanlovi loyihasi Namangan viloyati madaniyat boshqarmasi, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Namangan viloyat teleradiokanali hamkorligida 2003-yildan buyon o‘tkazib kelinadi.