English English English

Ibrat merosi sari ma’rifiy sayohat

  16.04.2026 00:16:03    6


Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri S.Sulaymonova tashabbusi bilan M.Usmonova va A.Xasanboyevlar boshchiligida Pedagogika yo‘nalishi sirtqi ta’lim 4-kurs talabalari ishtirokida buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakati namoyandasi Is’hoqxon Ibrat muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.


Ibrat merosi sari ma’rifiy sayohat


Mazkur tashrifning asosiy maqsadi talabalarda Is’hoqxon Ibratning hayoti va ijodiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish, uning ilm-fan, ma’rifat va ta’lim taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini chuqurroq o‘rganish, shuningdek, milliy merosimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Ekskursiya davomida talabalar Is’hoqxon Ibratning boy ilmiy va ijodiy merosi, jadidchilik harakatidagi o‘rni, yangi usul maktablarini tashkil etishdagi xizmatlari hamda milliy uyg‘onish davridagi fidokorona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ma’naviy-ma’rifiy tashrif ekskursiyaning keyingi qismida To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan hayvonot bog‘iga sayohat bilan davom etdi. Ushbu jarayonda talabalar turli hayvon turlari bilan tanishib, tabiatga mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lish zarurligi haqidagi tushunchalarini yanada boyitdilar. Bu esa nafaqat maroqli hordiq, balki muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega mashg‘ulot sifatida ham ahamiyat kasb etdi.


Ibrat merosi sari ma’rifiy sayohat Ibrat merosi sari ma’rifiy sayohat Ibrat merosi sari ma’rifiy sayohat Ibrat merosi sari ma’rifiy sayohat Ibrat merosi sari ma’rifiy sayohat