English English English

NamDPI — Namangan viloyatida oʻtkazilgan "Universiada — 2024" Kurash musobaqasining gʻolibi!

  05.02.2025 19:28:33    51


Namangan viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalar o‘rtasida "Universiada — 2024" sport musobaqalarining Kurash turi bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.


NamDPI — Namangan viloyatida oʻtkazilgan "Universiada — 2024" Kurash musobaqasining gʻolibi!


Ushbu nufuzli bellashuvda viloyatimizning 8 ta oliy ta’lim muassasasidan jami 150 nafar talaba ishtirok etdi.

Musobaqa davomida talabalar milliy sportimiz bo‘lgan kurash bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Har bir ishtirokchi g‘alaba uchun astoydil kurashib, o‘z ta’lim dargohining sharafini himoya qildi. Kurash musobaqasi juda qizg‘in va murosasiz kechdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:

 1-o‘rin – Namangan davlat pedagogika instituti
 2-o‘rin – Namangan Davlat Universiteti
 3-o‘rin – Namangan chet tillar instituti
 4-o‘rin – Impuls tibbiyot instituti
 5-o‘rin – Turon
 6-o‘rin – Namangan toʻqimachilik sanoati instituti
 7-o‘rin – Namangan muhandislik-qurilish instituti
 8-o‘rin – Namangan muhandislik texnologiya instituti
Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi keyingi bosqichda Namangan viloyati sharafini munosib himoya qilish uchun respublika final bosqichida ishtirok etadi.

Murabbiyi Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti Hamidullo Jurahanov hamda gʻolib talabalarni ushbu yutugʻi bilan Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz! Keyingi respublika bosqichida zafarlar tilaymiz!


NamDPI — Namangan viloyatida oʻtkazilgan "Universiada — 2024" Kurash musobaqasining gʻolibi! NamDPI — Namangan viloyatida oʻtkazilgan "Universiada — 2024" Kurash musobaqasining gʻolibi! NamDPI — Namangan viloyatida oʻtkazilgan "Universiada — 2024" Kurash musobaqasining gʻolibi! NamDPI — Namangan viloyatida oʻtkazilgan "Universiada — 2024" Kurash musobaqasining gʻolibi!