PhD DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
25.01.2025 08:54:19 16
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi Akbarov Raxmatillo Murtozali o‘g‘lining 07.00.08 - Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ixtisosligi bo‘yicha “Ikkinchi jahon urushi yillarida matbuotda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy masalalarning yoritilishi (1941–1945-yillar, o‘zbek tilidagi gazetalar misolida)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01. raqamli Ilmiy kengashda 100% li ovoz bilan himoya qildi.
Ilmiy rahbar: Tarix fanlari nomzodi, dotsent Madrahimov Zohidjon Sharofovich.
š Raxmatillo Murtozali o'g'lini ushbu muvaffaqiyat bilan institut jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!