“Yosh targʻibotchilar” tomonidan giyohvandlik hamda narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
15.12.2025 09:09:58 40
Namangan davlat pedagogika institutida tashkil etilgan “Yosh targʻibotchilar” tomonidan giyohvandlik hamda narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda O'quv ishlari bo'yicha prorektor A.Abdunazarov, rektor maslahatchisi M.Xodjayev, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i M.Nabijonov, profilaktika inspektori G.Raxmatullayeva, xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslaatchisi G.Tojiboyeva, "Qalqon" jamoatchilik guruhi sardori Sh.Yigitaliyev, institut psixologi N.Tojiboyeva, fakultet tyutorlari L.Nuraliyeva, U.Erkinboyev, J.Botirov va “Yosh targʻibotchilar” guruh a'zolari talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida giyohvand moddalarning inson salomatligi, jamiyat taraqqiyoti va yoshlar kelajagiga yetkazadigan jiddiy zararlari, shuningdek, narkojinoyatchilik bilan bogʻliq huquqiy javobgarlik masalalari yuzasidan videolar talaba-yoshlarga taqdim etildi.
Targʻibot tadbiri yoshlar oʻrtasida giyohvandlik vanarkojinoyatchilikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularni hushyorlikka, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shuningdek, muloqot jarayonida ogohlikka chaqiruvchi suhbatlar, profilaktik uchrashuvlar va ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlarni muntazam tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.