8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!
02.12.2025 10:00:01 3
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori S.Qodirova tashabbusi bilan fakultet talabalari orasida “Konstitutsiya bilimdoni” ko’rik tanlovi tashkil etildi.
Ushbu tanlovda talabalar 3-5 daqiqa davomida Konstitutsiya haqida ma’lumot berishdi. Hayat a’zolari talabalar fikri va nutqining ravonligi,bergan ma’lumotlarining muhimligi, savol- javobda ishtirokiga qarab baholashadi.
Qizg’in bahs- munozaralar natijasiga ko’ra tanlov g’oliblari etib:
1-O’rin 3- bosqich Tarix yo’nalishi talabasi A’loxonov Asadbek
2-O’rin 3- bosqich O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi Habiyaliyeva Madina
3-O’rin 2- bosqich O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi Abdullayeva Hilola deb e’lon qilindi