Bugun Yoshlar kuni doirasida Chortoq tumani madaniyat markazida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda tuman hokimi Ilhomjon Sattarov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, Namangan davlat pedagogika instituti rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va tashabbuslari bilan faol qatnashib, ta’lim, bandlik, kasb o‘rganish, sport va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanib, ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, Namangan davlat pedagogika instituti rahbariyati tomonidan pedagogika sohasiga qiziquvchi yoshlarga institutda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, iqtidorli talabalar uchun imkoniyatlar hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv ochiq muloqot va samimiy suhbat muhitida o‘tdi.