"Uch avlod uchrashuvi" boʻlib oʻtdi.
16.01.2025 12:53:59 4
Yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash maqsadida Namangan davlat pedagogika institutida "Uch avlod uchrashuvi" boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda institut birinchi prorektori A.Isoqboyev boshchiligida
Nuroniy jamg‘armasi Namangan shahar bo‘limi raisi Anvarjon Nasriddinov, Ichki ishlar faxriysi, Namangan shahar Ichki ishlar Faxriylar Kengashi raisi Abdulloxon Djaparxo‘jayev, O‘zbekiston Respublikasi Veteran jang faxriy va nogironlar birlashmasi Namangan viloyati bo‘limi xodimi Murodjon Jo‘rabayev ishtirok etishdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani alohida ta’kidlandi.
Yoshi ulug‘ faxriylar hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.