English English English

"Jamoaga munosib rahbar edi..."

  15.05.2026 11:34:02    8


Qalbi mehrga to`la ustozlardan biri Gavhar Qurbonova nafaqat talabchan, fidoyi rahbar-pedagog, balki ko`pchilik uchun hayot saboqlarini o`rgatgan ma`naviy yo`lchi yulduz bo`lib qoladi...


"Jamoaga munosib rahbar edi..."


U 1963-yil Uychi tumanida ziyolilar oilasida tavallud topdi. Ziyolilar muhitida ulg`ayish, kitob va ilmga hurmat bilan qarash Gavhar opaning hayot yo`lini belgilab berdi. 

2006-2014 yillari Namangan davlat universiteti Axborot-resurs markazi direktori sifatida faoliyat yuritib, jamoaga munosib rahbarlik qildi. Gavhar opa jamoani katta oila sifatida ko`rar di. Rahbar bo`lsa-da, hech qachon men rahbarman deb ajralib turmasdi. Aksincha, jamoa bilan yelkama-yelka ishlashni o`ziga odat qilgan edi. Har qanday tashkiliy ishda hujjatlarni tartibga solish, tozalash ishlarida ham hammaga o`rnak edi.

Ustozning ilm-ma`rifat yo`lida qilgan ishlari tahsinga sazovor. Xususan, Namangan davlat universitetida Kutubxona-axborot faoliyati yo`nalishining ochilishida uning hissasi katta bo`lgan. Bu tashabbus natijasida ko`plab yoshlar mazkur yo`nalishda tahsil olib, sohaning yetuk mutaxassisi bo`lib yetishmoqda.

Afsuski, hayot hamisha ham insonning orzu-rejalari bilan hamohang bo`lavermaydi. Gavhar Qurbonova 2020-yil 17-noyabr kuni 57 yoshida foniy dunyoni tark etdi.

Gavhar Qurbonova bugun oramizda yo`q. Ammo uning nomi, qilgan ishlari, bergan saboqlari va qoldirgan mehr-muhabbati hanuz yashab kelmoqda. Sababi, chin ma`nodagi ustozlar umr bilan emas, qoldirgan izlari bilan yashaydi.