English English English

Institut idoraviy arxiviga hujjatlarni topshirish ishlari amalga oshirilmoqda

  19.05.2026 10:52:26    12



Institut idoraviy arxiviga hujjatlarni topshirish ishlari amalga oshirilmoqda


Institut idoraviy arxiviga hujjatlarni topshirish ishlari amalga oshirilmoqda

 

Joriy yilning 11–16-may kunlari institut bo‘lim va kafedralarida 2022-yildan 2025-yillarga doir ish yurituvidagi hujjatlarni belgilangan tartibda saqlash, tizimlashtirish hamda kelgusida foydalanishni ta’minlash maqsadida institut idoraviy arxiviga topshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayonda institutning quyidagi bo‘lim va kafedralari tomonidan hujjatlar arxiv saqloviga topshirildi:

Bo‘lim nomi

Soni

1

O‘quv-uslubiy boshqarma

5

2

Devonxona va arxiv bo‘limi

43

3

Xodimlar bo‘limi

25

4

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti

6

5

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor

3

6

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

1

7

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

3

8

Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi

1

9

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

4

10

Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi

1

 

Jami

92

Topshirilgan hujjatlarga 2022–2025-yillarga oid buyruqlar, yig‘ilish bayonnomalari, shaxsiy tarkibga oid hujjatlar, xizmat yozishmalari, o‘quv-uslubiy hamda tashkiliy hujjatlari kiradi.

Hujjatlarni qabul qilish jarayonida:

·       hujjatlar nomenklatura asosida tartiblandi;

·       hujjat varaqlari belgilangan tartibda rasmiylashtirildi;

·       ro‘yxatlar asosida qabul qilindi;

Hujjatlarning butligi, saqlanish holati va rasmiylashtirish sifati institut idoraviy arxivi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, qabul qilish dalolatnomalari rasmiylashtirildi.

Mazkur ishlar institutda ish yuritish va arxiv ishlarini samarali tashkil etish, hujjatlarning uzoq muddatli saqlanishini ta’minlash hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.


Institut idoraviy arxiviga hujjatlarni topshirish ishlari amalga oshirilmoqda Institut idoraviy arxiviga hujjatlarni topshirish ishlari amalga oshirilmoqda Institut idoraviy arxiviga hujjatlarni topshirish ishlari amalga oshirilmoqda Institut idoraviy arxiviga hujjatlarni topshirish ishlari amalga oshirilmoqda