English English English

NamDPI oʻquv-metodik markazida seminar

  07.04.2025 22:10:31    41


Boshlang'ich ta'lim innovatsiyalari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) M.Qo'ldosheva Namangan tumanidagi 23-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida "Tabiiy fanlarni milliy kontent asosida o'qitish metodikasi" mavzusida o'quv amaliy seminar o'tdi.


NamDPI oʻquv-metodik markazida seminar


Unda tabiiy fanlarni, xususan, boshlang'ich sinflarda tabiiy fanlarni  o‘qitishda milliy kontent hamda PISA xalqaro baholash dasturidan foydalanishning metodik jihatlari yoritildi.

Seminarning maqsadi o‘quv jarayonini mahalliy xalqlarning madaniyati, tarixi va tabiiy resurslari bilan bog‘lash orqali o'quvchilarning qiziqishini oshirish va ta’lim samaradorligini yuksaltirishdan iborat. Ishda milliy kontentni dars jarayoniga integratsiya qilishning pedagogik usullari, shu jumladan, multimediya va videokontentlardan misollar, an’anaviy bilimlar va zamonaviy ilmiy yondashuvlarni uyg‘unlashtirish strategiyalari ko‘rib chiqildi.

O'quv amaliy seminar natijalari tabiiy fanlarni o‘qitishda milliy o‘ziga xoslikni hisobga olgan holda o‘quv dasturlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.


NamDPI oʻquv-metodik markazida seminar NamDPI oʻquv-metodik markazida seminar NamDPI oʻquv-metodik markazida seminar NamDPI oʻquv-metodik markazida seminar